Yaponiya hukumati Rossiyaga tinchlik shartnomasini muhokama qilishni taklif qildi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Singapurda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nafaqat iqtisodiy masala, balki tinchlik shartnomasini muhokama qilishni ham taklif qildi. 
Bu haqda Ria novosti xabar beradi. Putin, oʻz navbatida, yapon bosh vaziri ustuvor deb bilgan yoʻnalishlarda mamnuniyat bilan muzokaralarga kirishishini bildirib, “Hali “yigirmatalik”da va koʻzda tutilgan boshqa vaqtlarda uchrashish imkonimiz boʻladi”, deb qoʻshimcha qildi.
Maʼlumot uchun, shu yilning oktyabr oyi oxirida yapon hukumati hududiy masala yechimi asosida Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash niyatini bildirgandi.

 

OʻzA