Xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi

Poytaxtimizda “Bolalar va yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda oilaning roli” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oiladagi tarbiya, odob qadriyatlari mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazishi haqida xabar bergan edik. Ayni payta mazkur xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Anjumanni oʻtkazishdan maqsad farzand tarbiyasida oilaning masʼuliyatini oshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sogʻlom turmush tarziga amal qilishda bolaning oilada yashash va tarbiya qilish huquqini taʼminlash, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning oʻrni va rolini oshirish kabi masalalar boʻyicha xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashish va tajribalar oʻrganishdir.
Xalqaro konferensiyada oʻndan ortiq chet el mamlakatlaridan tashrif buyurgan professor-olimlar, oilashunos olimlar, professor-oʻqituvchilar, psixologlar, islomshunoslar ishtirok etishadi. Chet ellik mutaxassislar oʻzlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan oʻrtoqlashmoqda.
Saytimizni kuzatib boring, xalqaro konferensiya tafsilotlari keng yoritiladi.
ALM_3223-2208x1472.JPG
ALM_3231-2208x1472.JPG
ALM_3240-2208x1472.JPG
ALM_3244-2208x1472.JPG
ALM_3247-2208x1472.JPG
ALM_3249-2208x1472.JPG
ALM_3251-2208x1472.JPG
ALM_3258-2208x1472.JPG
ALM_3263-2208x1472.JPG
ALM_3264-2208x1472.JPG

 

Muhammad Amin olgan suratlar, OʻzA