Zaytun yogʻi va mehrdan tayyorlangan taomlar

Italiya… Tarixi boy, goʻzal diqqatga sazovor joylari va hayratlanarli manzaralarga ega bu yurtga sayohat qilishni istamaydigan inson boʻlmasa kerak.
photo5409024118742952389.jpg
Bu mamlakat noyob taomlari, qadimiy Rimning taʼsirchan tarixi va jahon moda markazini oʻzida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Agarda siz u yerga taʼtilga borsangiz, dunyodagi koʻpchilik insonlarning sevimli taomi Italyan pissasini totib koʻrishingiz lozim.
photo5409024118742952390.jpg
Bugun esa koʻpchilik yurtdoshlarimiz bu taomni Oʻzbekistondan chiqmasdan totib koʻrdilar. Nafaqat isteʼmol qilishdi, balki tayyorlanishini ham oʻrganib olishdi. Vaholanki, italiyaliklar anʼanaviy pissani faqatgina taʼmi bilan emas, balki italyan milliy taomlari sirasiga kiruvchi va italyan xalqining oʻziga xosligini aks ettiruvchi taom, deb hisoblashadi.
photo5409024118742952391.jpg
– Biz bugun bir nechta turdagi italyan taomlarini tayyorlanish usuli bilan tanishdik, – deydi Malika opa. – Ular zaytun yogʻi va turli ziravorlardan juda koʻp foydalanar ekan. Hozircha pissa va pasta florani tayyorlash sirini oʻrgandik. Keyin sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar va juda tez tayyorlanadigan kechki ovqatlarni bilib oldik. Bular uchun 15 daqiqadan 30 daqiqagacha vaqt kifoya ekan.
photo5409024118742952392.jpg
– Italyan taomlar juda ham foydali, chunki ular zaytun yogʻi hamda sevgi bilan tayyorlanadi, – deydi mahorat darsi oʻtayotgan italiyalik bosh oshpaz Antonio. – Biz dunyodagi eng eski va nafis taom tayyorlash anʼanalariga egamiz. Taomlarimizda Vizantiya, Qadimgi Rim, Qadimgi Gretsiya, Yaqin Sharq va boshqalar taʼsiri seziladi. Ertaga baliqli buterbrodlar, goʻsht va pishloq qoʻshilgan qovurilgan guruchli sharlar, qovurilgan kartoshkali sharlar tayyorlanishini hamkasblarimizga oʻrgatamiz.
Mahorat darslar: turizm va mehmondoʻstlik, Italiya oshxonasining shox taomlari va “somelye” sanʼati yoʻnalishlarini qamrab olgan.
Haftalik 12 noyabrga qadar davom etadi.

 

Sayyora Shoyeva, OʻzA