Tashqi ishlar vazirligi Malayziyaga tashrif buyuruvchi Oʻzbekiston fuqarolarini Malayziya migratsiya qonunchiligi bilan tanishtirib, taqdim etilishi kerak boʻlgan hujjatlar haqida eslatma berdi.
Malayziya migratsiya talablariga binoan, ushbu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolar quyidagilarni taqdim etishlari shart:
– mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam boʻlmagan fuqarolik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
– Malayziya hududida boʻlishlari uchun yetarli moddiy mablagʻga ega ekanliklarini isbotlashlari;
– qaytish yoki uchinchi davlatga borish chiptasi.
OʻzA