O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi birinchi qismining 2-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I:
1. Sayyora Rejipbayevna Koshayeva O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2017-yil 4-oktabr