Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga joʻnab ketdi.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari oʻrtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Prezidentimiz BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda Oʻzbekiston va YUNЕSKO oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021-yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.
OʻzA