Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlariningtelefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻliq, baxt-saodat vamuvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil 17-18 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilgan samarali muzokaralar, ularning yakuni boʻyicha erishilgan kelishuv va imzolangan ikki tomonlama hujjatlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28 sentyabr kunlari MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega amaliy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijadorligi qayd etildi.

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy aloqalar faol rivojlanmoqda. Oʻzaro savdo hajmi ortib, turli tarmoqlarda kooperatsiya, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, hududlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari faollashib, madaniy-gumanitar almashuvlarkengaymoqda.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarijrosini toʻliq taʼminlashda ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida muntazam amaliy muloqotlar muhimliginiqayd etdi.

Muloqot soʻnggida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali oʻzaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama kengaytirish borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar.

 

OʻzA