Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,“xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga katta eʼtibor qaratmoqda.

photo5302996782252403052.jpg

Bu boradagi faoliyat doirasida joriy yilning 26-30 iyun kunlari qoʻmita delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasida boʻlib, ikki malakat oʻrtasida doʻstona munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish borasida ikki tomonlama manfaatli boʻlgan kelishuvlarga erishgan edi.

Jumladan,Qoʻmita va Qozogʻiston xalqlari Assambleyasi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolanib, madaniy-maʼrifiy aloqalarini yanada rivojlantirish yoʻlga qoʻyildi.

Mana shunday hamkorlik doirasida, joriy yilning 28-sentyabr kuni Turkiston viloyati Toʻlabiy tumani hokimi Baurjan Baxыt ulы Umarbekov boshchiligidagi 70 kishidan iborat jamoatchilik delegatsiyasi Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibi Toʻlabiy tumani xalq Maslahati aʼzolari, kayvoniy oqsoqollar, urush va mehnat faxriylari,tadbirkorlar, din idoralari hamda Turkiston viloyatidagi Toʻlabiy fondi vakillaridan iborat boʻlib, ular “Gʻishtkoʻprik” chegara punktida bayramona kutib olindilar.

photo5302996782252403056.jpg

Qozogʻistonlik mehmonlar dastlab Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan oʻzbeklar uchun ham, qozoq doʻstlarimiz uchun ham muqaddas ziyoratgohboʻlgan Toʻlabiy maqbarasini ziyorat qilib uning ruhi pokiga Qurʼon tilovat qildilar hamda musulmoncha urf-odatlarlarni ado etdilar.

Soʻngra, mehmonlar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurib, bu yerda oʻtkazilgan doʻstlik tadbirida ishtirok etdilar.

Mehmonlarni Yozuvchilar uyushmasi raisining birichi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo oʻzining tabrik soʻzida Muhtaram prezidentlarimiz Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevlarning olib borayotgan siyosatlari, amalga oshirayotgan ishlari tufayli ming yillar davomida qon-qardosh boʻlgan, yonma-yon boʻlgan, quda-anda boʻlib, bir daryoning suvini ichib bitta nonni, kerak boʻlsa, boʻlib yegan ikkita qardosh elning oʻrtasidagi aloqalar, oddiy qilib aytganimizda bordi-keldilar bugun yana yoʻlga tushayapti. Adabiyot va sheʼriyat millatidan, chegarasidan qatʼi nazar insonlarni eng yaqin qiladigan, bir-biriga qalbini ulaydigan vositadir. Demak, adabiyot namoyandalarimizning, shorilarimizning doʻstligibizning xalqlarimizning abadiy doʻstligini mustahkamlashga xizmat qiladi dedi.

Tadbirda mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi vakillari, taniqli oʻzbek yozuvchilari va adabiyotchilari qizgʻin qutladilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanToʻlabiy tumani hokimi B.Umarbekov, shuningdek, qozogʻistonlik yozuvchilar, shoirlar va jamoatchilik vakillari, keyingi paytda Prezidentlar Sh.Mirziyoyev va N.Nazarboyevlarning siyosiy irodalari tufayli doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash yoʻlida oʻzbek-qozoq hamkorligining barcha yoʻnalishlari boʻyicha haqiqatan ham ulkan natijalarga erishilayotganligini katta mamnuniyat bilan qayd etib oʻtdilar.

photo5302996782252403057.jpg

photo5302996782252403058.jpg
Taʼkidlab oʻtilganidek, hududlarimiz oʻrtasidagi yaqin aloqalar, odamlarning oʻzaro ochiq muloqoti va doʻstligi, madaniy aloqalarning faollashgani ezgu maqsad – xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Zero, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Yaratganning oʻzi bizga qoʻshni boʻlishdek bebaho neʼmatni ato etgan. Bizning donishmand ota-bobolarimiz “Hovli olma, qoʻshni ol”, deb bejiz aytishmagan. Biz azal-azaldan bir zaminda, bir quyosh ostida yashab kelmoqdamiz, bizning ildizlarimiz bir”.

Mehmonlar Toʻlabiy xotirasiga bagʻishlab uyushtirilgan tushlikda soʻng, Hazrati Imom masjidi, Temuriylar tarixi davlat muziyeyida boʻlib, Toshkentning boshqa diqqatga sazovor joylari tomosha qildilar.

Tashrif jarayonlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikalarining markaziy telekanallari tomonidan tasvirga tushurildi, shuningdek boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan reportajlar tayyorlandi.

Qozogʻistonlik mehmonlarining oʻzbek qardoshlari bilan

uchrashuvdan oladigan quvonch va shodliklari 2018-yilda Qozogʻistonda Oʻzbekiston hamda 2019 yilda Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilida oʻtkaziladigan birgalikdagi barcha tadbirlarga alohida ruh va kayfiyat bagʻishlashini katta mamnuniyat bilan izhor etdilar.

 

OʻzA