Buyuk Britaniya delegatsiyasi yurtimizda

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan Buyuk Britaniyaning nufuzli kompaniyalari va universitetlari vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtadi. Unda taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish singari koʻplab masalalar muhokama qilinadi.
Delegatsiya 28 sentyabrga qadar mamlakatimizda boʻladi, deya xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA