Xitoyda dunyoning birinchi raqamli tennischisi magʻlub boʻldi

Xitoyning Uxan shahrida “Premier” turkumiga kiruvchi “Dongfeng Motor Wuhan Open” turnirida ikkinchi davra bahslari yakunlandi.
Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep slovakiyalik Dominika Sibulkovaga qarshi oʻtgan oʻyinda 0:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Rossiyalik Darya Kasatkina esa mezbonlar vakili Siyuy Vanni 6:1, 3:6, 7:6 hisobida taslim qilgan boʻlsa, daniyalik Karolin Voznyaski shvetsiyalik Rebekka Peterson ustidan 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shuningdek, ushbu bosqichda Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya), Anjelik Kerber (Germaniya), Katerina Sinyakova (Chexiya), Petra Kvitova (Chexiya), Arina Sobolenko (Belarus), Van Syan (Xitoy), Sofiya Kenin (AQSH), Garbinye Mugurusa (Ispaniya), Eshli Barti (Avstraliya), Darya Gavrilova (Avstraliya), Anett Kontaveyt (Estoniya), Monika Puig (Puerto-Riko) Jan Shuay (Xitoy) gʻalaba qozondi.
Bugun musobaqaning uchinchi davra bahslari boshlanadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA