Alisher Qodirov: “Axborot qabul qilish piramidasini toʻnkarilgan shaklga keltira olamizmi?”

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Targʻibotchilarga yordamchi” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimotiga bagʻishlangan tadbir davom etmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Alisher Qodirov:
– Omma – jamiyat axborot makoniga tashlangan maʼlumotlarni uch xil usulda qabul qiladi. Shundan kelib chiqib, axborotni isteʼmol qilish piramidasini ishlab chiqmoqdamiz. Piramidaning pastki qismida axborotni koʻr-koʻrona qabul qiladiganlar guruhi turadi. Oʻrta qismdagilar axborotni oʻylab, saralab qabul qiladilar. Lekin unga munosabat bildirishmaydi. Piramidamizning yuqori qismidagilar juda ozichilikni tashkil qilib, ular axborotni chuqur oʻylab qabul qiluvchilar va tezda oʻz munosabatini bildiruvchilar – javob qaytaruvchilardir. Bizningcha, mazkur piramidani toʻnkarilgan shaklga keltira olgan jamiyatgina maʼnaviy tanazzulga yuz tutmaydi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA