Bepul oʻquv kursi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash uchun Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshida davlat granti asosidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Oʻquv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega boʻlgan 100 nafar yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida oʻtkaziladi.
Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kollej bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Undan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar yotoqxona bilan taʼminlanishi mumkin.
Oʻquv kurslari shu yilning 2-oktabridan boshlanadi. Fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladigan mashgʻulotlar 10 oy davom etadi.
Maʼlumot uchun, 2019/2020-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filiali ish boshlaydi.

 

B.Meliqulova, OʻzA