AQSHlik qoʻmondon Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi

Avval xabar berganimizdek, AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari J.Boylz boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda ishchi safar bilan boʻlib turibdi.
Delegatsiya vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurib, harbiy taʼlim muassasasi tarixi, bugungi faoliyati bilan tanishdi.
40fcbff4-56b9-4ee4-ab3b-bc28f69bbe5d.jpg
Akademiyada kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy oʻqitish uslubi, shuningdek, taʼlim muassasasi muzeyidagi Qurolli Kuchlarimiz tarixiga oid eksponatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
2b368a04-27e4-4a6a-999d-b4360530c344.jpg

 

Nurillo Nasriyev, OʻzA