Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda. 53 ta davlatni birlashtirgan JSSTning Yevropa mintaqviy byurosiga Oʻzbekiston ham aʼzo hisoblanadi.
Joriy yil 17-sentyabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida boshlangan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan bogʻliq qator muhim masalalar, jumladan, 2018-yilda Yevropada sogʻliqni saqlash holati,tibbiyot va aholi farovonligini qoʻllab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan koʻplab yoʻnalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.
JSST Yevropa mintaqiy byurosining 68-sessiyasi 20 sentyabrga qadar davom etadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati
OʻzA