Oʻzbekiston – Suriya: 1:1

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qoʻl ostida Suriya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi.

Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda oʻtkazilgan ushbu oʻyinga E.Kuper boshchiligidagi murabbiylar guruhi terma jamoaga munosib futbolchilarni saralash uchun oʻttiz nafardan ziyod iqtidorli futbolchini bir necha bosqichdan iborat oʻquv-mashgʻulot yigʻinida sinovdan oʻtkazdi. Har tomonlama oʻzini koʻrsatgan futbolchilar Suriyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Mazkur uchrashuvda terma jamoamiz 1:1hisobida durang oʻynadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 11 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

12 (2).JPG

 

J.Toshxoʻjayev, Temur Mamadaminov (surat) OʻzA