Axir U dunyoga kelganda koʻnglidan oʻtgan, qalblariga jo etgan orzularidan biri ushalayapti. Oʻsha lahzalarda – bolajoningizni jajji qoʻllaridan tutib, maktabga qadam qoʻyayotganigizda kichik moʻʼjiza sodir boʻladi. Birinchi marta nuri diydangizning mayin qoʻllaridagi beqiyos qudratni his etasiz!
Yangi oʻquv yilida maktabimizga 240 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilindi. Bu safargi “bilimlar kuni” hal yilgidan-da oʻzgacha oʻtmoqda. Bugun jajji oʻquvchilarmiz koʻzida hayajon, hayrat va quvonch, oʻqituvchi-pedagoglarimizda esa oʻz kasbidan mamnunlik, kelajakka ishonch hissi mujassam. Axir davlat rahbarining shaxsan oʻzi oʻqituvchilarga katta hurmat-ehtirom koʻrsatayotgan, “Oʻqituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman”, – deb koʻnglimizni togʻday koʻtarayotgan bir paytda quvonmay boʻladimi?! Shu bois har bir pedagog, avvalo, Yurtboshimiz eʼtirofiga munosib boʻlishga harakat qilishi, har bir boladagi murgʻak isteʼdodni, dohiyatni yuzaga chiqarishga vijdonan yondashishi talab etiladi.
Ha, aziz ota-onalar, siz tutgan qoʻllar – oddiy qoʻllar emas. Ular – kelajakning qoʻllari. Mamlakatning ertangi taraqqiyoti, eng avvalo, mana shu qoʻllar bilan bunyod etiladi. Ular ishonch qoʻllaridir. Bolangizga “yaxshi oʻqisang, hatto yulduzlar bilan ham tillasha olasan” deb koʻring. U bu ishni qila olishiga shubhalanmaydi. Baxt qoʻllarini mahkam ushlang!
Saodat Malikova, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 238-maktab direktori