Tashqi migratsiya sohasida o‘zgarishlar bo‘ldi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi
Jumladan, bugundan boshlab, xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi. Bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

 

O‘zA