ONLAYN: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti jurnalistlarga tabrik yo‘lladi

27-iyun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ayni vaqtda O‘zbek milliy akademik dramateatrida ana shu sanaga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Unda vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigini Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

 

O‘zA