Mamlakatimiz investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams va “The Stirling Foundation” yetakchisi Miles Xansen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qilishdi, Amerika kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etish istiqboli, shuningdek qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, moliya sektori kabi sohalarda sheriklikni kuchaytirish usullarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida Amerika kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga faol jalb etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi.

Jamg‘arma prezidenti M.Xansen 2023-yil dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, maktablarni kompyuter bilan ta’minlash, ingliz tili o‘qitilishini tashkil etish, nogironlar uchun maxsus maktablarni qo‘llab-quvvatlash kabi ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirgan.

O‘zA