Bahriddin Chustiy Nyu-Yorkda “Somsa festivali”, Londonda “Tandir shou”o‘tkazadi

Turizmni rivojlantirishda mamlakatning o‘ziga xos oshxonasi ham katta rol o‘ynaydi. Italiya spagettilari, Fransiya qurbaqa sho‘rvalari bilan mashhur. O‘zbek oshxonasini yangicha talqinda jahonga mashhur qilishga bel bog‘lagan Bahriddin Chustiy 18 iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tgan “Top-500” tadbirkorlar hamjamiyati forumida so‘zga chiqdi va qisqacha kelajakdagi rejalari bilan bo‘lishdi.
“Kelajakda Nyu-Yorkda “somsa festivali”, Londonda “Tandir shou”,Farg‘onada “Holva festivali” o‘tkazish niyatidaman.Festivallar sayyohlar oqimini ko‘payishiga va tabiiyki o‘z o‘rnida tadbirkorlikni rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi”, deydi Bahriddin Chustiy.

 

O‘zA