Yilning eng faol yosh mutaxassisi

Nukusda yilning eng faol yosh olimi, ichki ishlar xodimi, fermeri, shifokori, tarbiyachisi, transportchisi, bank xodimi, qurilishchisi, ipakchilik sanoati xodimi kabi 9 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining shahar va tuman bosqichida mingga yaqin yosh mutaxassislar ishtirok etdi. Ikkinchi bosqich, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi may oyida o‘tkazilib, 9 ta nominatsiya bo‘yicha 25 g‘olib aniqlandi.
G‘oliblar tanlovning navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yosh mutaxassislarning o‘z kasbi va yutuqlarini aks ettirgan materiallari, mehnat vositalari va qo‘llanmalari ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA