FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida kurash bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Nukus shahri va respublikaning barcha tumanlaridan 350 ga yaqin yosh sportchi ishtirok etib, o‘z vazn toifasida bellashdi.

Yakunda qizlar o‘rtasida D. Jildasboyeva (33kg), A. Ispanova (36kg), M. Po‘latova (40kg), S. Murotboyeva (44kg), A. Quvonchboyeva (48kg), Q. Bektursunova (52kg), A. Begjonova (57kg), N. Nurimbetova (63kg), Sh. Obodboyeva (+63kg) g‘olib bo‘ldi.

O‘smirlar bahsida A. Yusupov (38kg), R. Tanirbergenov (42kg), D. Po‘latov (46kg), A. Qoshniyozov (50kg), M. Yesbosinov (55kg), D. Tilepbayev (60kg), Ye. Azirboyev (65kg), O. Xolboyev (71kg), A. Utegenov (77kg), G. Yangiboyev (83kg) va Ye. Toliboyev (+83kg) birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA