Portugaliyada o‘tayotgan Gran-pri musobaqasida vakillarimiz munosib ishtirok etmoqda.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Barotov musobaqaning -60 kg. vazn toifasi finalida braziliyalik Mishe Augustoni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Diyora Keldiyorova esa -52 kg. vazn toifasidagi ayollar bahsi finalida vengriyalik Rika Puppni mag‘lub etdi va terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Ma’lumot uchun, mazkur g‘alaba sportchilarimizga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochkoni taqdim etdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA