Xitoy o‘zining Shenglong kosmik raketasini ishga tushirganidan ikki hafta o‘tib, AQSH armiyasining maxfiy X-37B robot kosmik raketasi navbatdagi missiyani bajarish uchun Florida shtatidan havoga ko‘tarildi, deya xabar tarqatdi “AlJazeera” nashri.

Missiya raketani har qachongidan ham balandroq orbitaga olib chiqishga qodir bo‘lgan SpaceX Falcon Heavy havo kemasida amalga oshirildi.

Kosmik kema kosmosdagi og‘ir radiatsiya muhitida o‘simlik urug‘larining qanday rivojlanishini tadqiq etadi.

S.Poyonov, O‘zA