Qirg‘iziston va Tojikiston topografik ishchi guruhlari ikki davlat chegarasining yana 11,88 kilometri bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.

Bo‘stonda 17-23 dekabr kunlari Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalari topografik ishchi guruhlarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tomonlar 11,88 km umumiy chegarani aniqlab oldilar.

Qirg‘iz Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadigan keyingi uchrashuvda qolgan hududlarni tavsiflash ustida ish davom ettiriladi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy chegarasi 970 kilometr. Ayni payt aloqa chizig‘ining bir necha yuz kilometri noaniq yoki belgilanmagan. Yig‘ilishlar ikki hududda navbatma-navbat o‘tkazilmoqda.

O‘zA