Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kachir Pekinda xitoylik hamkasblari bilan uchrashuvda elektromobil ishlab chiqarishdan tortib, qayta tiklanadigan energiya manbalarigacha bo‘lgan masalalarni muhokama qildi, – deb yozdi “Anadolu”.
Muloqot davomida tomonlar innovatsion texnologiya sohasida hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishgan. Xitoyning turk elektr transport vositalari va akkumulyatorlariga sarmoya kiritishi e’tibor qaratilgan asosiy mavzulardan biriga aylangan.
Turkiya vaziri qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari ikki davlat hamkorligining salohiyatli yo‘nalishi ekanini ta’kidlagan. Turkiya quyosh energiyasi ishlab chiqarishda Yevropada birinchi, dunyoda esa to‘rtinchi o‘rinda, shamol energiyasi ishlab chiqarishda ham dastlabki besh davlat orasida qayd etiladi. Xitoy esa quyosh paneli ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi.
Shuningdek, tomonlar tez yurar poyezdlarni ko‘paytirish, sog‘liqni saqlash va vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olgan.