Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi bilan tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda respublika hududidagi 12 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida sportning mini futbol, basketbol va shaxmat turlari bo‘yicha tashkil etilgan “Prokuror kubogi” sport musobaqasi yakuniga yetdi.

Sport musobaqasida jami 6 ming 960 nafar talaba, shundan 3 ming 840 nafar yigit va 3 ming 120 nafar qiz faol ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida mini futbol bo‘yicha Qoraqalpoq davlat universiteti, basketbol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, qizlar o‘rtasida Qoraqalpoq davlat universiteti, shaxmat bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qoraqalpoq davlat universiteti, qizlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali birinchi o‘rinlarni egalladi. G‘oliblarga medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir ishtirokchilariga taniqli san’atkorlar hamda havaskor yoshlar ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri