Nukus shahrida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Adolat” SDP tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu an’anaviy tanlovda iqtidorli o‘g‘il-qizlar tegishli shartlar bo‘yicha huquqiy bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov yakunida Nukus shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Moldir Mirzabekova 1-o‘rinni, Amudaryo tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Shahzoda Tojimuratova 2-o‘rinni va Qo‘ng‘irot tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Sarvara Qalbayeva 3-o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari  tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA