Malumki, har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Ishbilarmonlik faolligi indeksi tahlil qilinadi.

Joriy yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 1066 birlikni tashkil etib, sentyabr oyiga nisbatan 6,6 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 6,4 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan: 2023 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 6,6 foizga oshib, 1066 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 6,8 foizga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha komponent 0,7 foizga oshgan.

Tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 8,5 foizga oshgan. Tovar belgilari bo‘yicha komponent 22,2 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Samarqand viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha 7 ta hududda o‘tgan oyga (sentyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Samarqand 42,3 foiz, Navoiy 35,0 foiz, Jizzax 14,3 foiz viloyatlari, Toshkent shahri 35,2 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 35,0 foiz – sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

2023 yil oktyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 127,1 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning sentyabr oyiga nisbatan 387,6 ming tranzaksiyaga 6,8 foiz oshgan. Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 ta hududda oshgan.

2023 yil oktyabr oyida respublikaning 4 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Jizzax 12,5 foiz, Toshkent 5,4 foiz, Farg‘ona 5,1 foiz, viloyatlari va Toshkent shahrida 10,3 foiz o‘sish kuzatilgan.Shu bilan birga, 10 ta hududda yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni kamaygan.

2023 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 1,0846 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 8,5 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 20,0 foizga oshganligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmi 3,0 foizga kamaygan.Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil sentyabr oyida 6 980,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,4 foizga oshgan.

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari bo‘yicha komponent 2023 yil oktyabr oyida 1,0072 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,2 foizga sezilarli darajada kamaygan.

2023 yil oktyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 2023 yilning sentyabr oyiga (513 603 birlik) nisbatan 4 135 taga oshib, 517 738 birlikni tashkil etgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 22 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 418 711 tadan 422 586 tagacha oshgan (o‘sish 3 875 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 230 tadan 91 468 tagacha (238 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlar soni 3 684 tani tashkil etib, 2023 yilning sentyabr oyiga nisbatan 22 taga oshgan.

2023 yil oktyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,2217 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning sentyabr oyiga nisbatan 22,2 foizga oshgan. Joriy yilning oktyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 248 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Sh.Mamaturopova, O‘zA