O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi vakillari Jahon bojxona tashkilotining Bryusseldagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan Qo‘mitaning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘yicha 64-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga o‘zgartirishlar kiritish va bir turga nisbatan ikkinchi darajali tovarlarni yagona tizimga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. AQSH, XXR, Rossiya, Kanada, Janubiy Koreya, Yaponiya hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan tegishli takliflar kiritildi, endilikda bu ro‘yxatga O‘zbekiston ham qo‘shildi. Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya 1983 yil 14 iyunda Bryusselda qabul qilingan. O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 1998 yil 29 avgustda qo‘shilgan.

Mamlakatimiz bojxona xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etib, yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA