Bugun soat 08:00 larda Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R4 “Toshkent sh-Keles-Qozoqkentsoy q” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Unda haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan R.R. “Toyota Prado” rusumli transport vositasini Keles-Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan. U o‘z yo‘nalishidan qarama-qarshi yo‘lga chiqqan vaqtida ro‘parasidan kelayotgan “Cobalt”, “Damas” va “Spark” rusumli transport vositalari bilan qattiq to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Toyota Prado” rusumli transport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Mazkur holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari davom etyapti.

A.Musayev, O‘zA