Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Ulug‘nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining boshida barchani Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha manbalar topish hisobidan ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

O’zA