O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Petrol Auto and Industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “Lukoyl Lubrikants Sentralnaya Aziya” moylash materiallari ko‘rgazma-taqdimoti o‘tkazildi.
“Lukoyl Lubrikants Sentralnaya Aziya” kompaniyasi, “Petrol Auto and Industrial”, “Exclusive Oil Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda yo‘lovchi tashuvchi va tijorat transporti, sanoat korxonalari, transport sohasidagi klasterlar, avtomobil ehtiyot qismlarining savdo korxonalari va servis markazlarida faoliyat olib boruvchilar qatnashdi.
“Petrol Auto and Industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat Lukoylning respublikamizdagi rasmiy dileri hisoblanadi. Bu kompaniya O‘zbekiston bozoriga 2000 yilda kirib kelgan bo‘lib, uning portfeliga Lukoyl, GNV OIL brendlari kiradi. Hozirgi kunda Toshkent shahri, Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida kompaniyaning filiallari faoliyat olib bormoqda.
Hozir respublikamiz hududlarida 6 omborxona ochilgan bo‘lib, unda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni saqlash uchun zarur sharoit yaratilgan. 2022-2023 yillar davomida “Lukoyl Lubrikants Sentralnaya Aziya” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish 1650 tonnadan 3000 tonnagacha o‘sdi.
Tadbir ishtirokchilariga mazkur kompaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida tadbirkorlar va kompaniya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishbilarmonlar kompaniya bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan fikr almashdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA muxbirlari