Nukus shahrida Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mirhamidov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi mas’ullari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda jami 44 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi. Shundan 8 nafarining murojaati joyida ijobiy hal qilinib, 9 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, o‘rganish uchun vaqt talab qilgan murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, o‘rganishlar boshlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.