Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko’paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, sababi vatan obodligi, yurt tinchligi va aholi salomatligi uchun har birimiz mas’ulmiz.

Shuning uchun yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan 25-oktyabrdan 1 dekabrgacha davom etadigan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Berdaq” nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan ko’chat ekilish ishlari davom etmoqda.

Shundan 1 hafta davomoda nukus shahardan chiqaverishdakatta ko’prik atrofida universitet tomonidan 400 tup saksavul, tarix fakulteti tomonidan fakultetga berkitilgan joylarga 100 tup katalpa teragi, 50 tup mevali daraxt ko’chati, Chet tillari fakulteti talabalari tomonidan esa universitet hovlisiga 200 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ekilgan ko‘chatlarning ichida olma, qorali, shiya va almurt ko‘chatlari manzarali daraxt ko‘chatlari esa terak, akatsiya, tut va archa ko‘chatlarini tashkil qiladi.

Shuningdek o‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalari ham 11-12-noyabr kunlari obodonlashtirish ishlarini ozgacha zavq va ishtiyoq bilan amalga oshirishdi. Iqlimga tez moslashadigan 250 ta katalpa, 120 ta tut va 100 ta  mevali daraxtlar ekildi. Bu loyihaga “Qurilish va Tabbiy resurslar fakulteti ham 100 tup katalpa, 30 tup tut 50 tup yasin20 tup klon ko’chatlarini ekib aksiyada munosib ishtirok etishdi. Xullas, bu yerda otlar tozalanib, ko‘lmaklarning quvurlari yuvilib, suv havzalari yuvilib, suv bilan to‘ldirilgan.





O‘tgan shanba kuni fakultet jamoasi tomonidan yam-yashil bog‘ tashkil etildi, daraxtlar qo‘riqlandi, yashil maydonlar kengaytirildi, talabalar faol ishtirok etdilar.

Xalqimizda “Kochat ek, bog yarat” degan maqol bor.  Chunki, ekilgan ko’chatlar unib-o’sib chiroyli manzara hosil qilsa, kishining dilini yayratib, ko’zlarni quvontiradi, havoning sofligini taminlaydi. Universitet atrofi yashil makonga aylanishi, albatta, yosh ijodkorlarning ona-tabiatga mehr qoyishlarida, ajdodlarimiz singari ulkan bog’-rog’lar barpo etishlarida, yashillikdan bahra olib, ilhomlanib yangi ijod namunalari yaratishlarida muhim ahamiyatga ega.

Zafar Azimov,

QMU jirnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi