O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi 213-son farmonida qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3000 ta, to’lov-kontrakt asosida 6500 ta qo’shimcha kvota ajratilishi belgilangan edi. Mazkur farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida turli xil sohalari bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga:                                                                                                                                                                                                                                  Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga-davlat granti asosida 3000 ta;  viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to’lov-kontrakt asosida 6500 ta qo’shimcha qabullar tasdiqlandi.

Shuningdek, davlat granti asosidagi qabul qilinganlar – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to’plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

2023-2024-yillar kirish imtihonlarida Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti Chet tillar fakultetiga 167 ball bilan to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan 1-kurs talabasi Asemay Nurmuratova Prezident qabul qilgan farmoniga asosan davlat granti asosida o’qishga qabul qilingan. U Nukus shahrida istiqomat qilib, 2 yil davomida ingliz tili va boshqa qo’shimcha fanlardan tayyorlangan. Talabamiz bilan gaplashganimizda u: “Men hozirda Qoraqolpoq davlat universiteti Chet tillar fakultetining 1-kurs talabasiman. Kirish imtihonlarida 167.0 ball to’plab, to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan edim. Ammo prezidentimizning qoraqalpog’istonlik yoshlarga ajratilgan kvota asosida davlat grantiga muyassar bo’ldim. Bu xabarni eshitganimda men va mening ota-onam judayam xursand bo’ldilar. Kichkinaligimdan ingliz tiliga qiziqardim va ingliz tili  o’qituvchisi bo’lishni orzu qilardim. 2 yil davomida ingliz tilini o’rgandim va xalqaro IELTS sertifikatidan 6 ballni qo’lga kiritdim. Shunga qaramay, to’lov-kontrak asosida o’qishga qabul qilindim. Ammo hozir davlat granti asosida o’qiyapman. Bu men uchun zo’r imkoniyat desam adashmayman. Men va ota-onam Prezidentimizning yoshlarga shunday imkoniyatlar yaratib berayotganidan judayam xursandmiz. Kelajakda o’z mutaxassisligim bo’yicha davlatimizga foydasi tegadigan kadr bo’lishga harakat qilaman” dedi.

Shahnoza Turkmenbayeva QDU 3-kurs talabasi,

Qoraqolpog’iston axborot agentligi