Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-13, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-11, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qashqadaryo viloyati bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent viloyati bo‘ylab kuchli bo‘ladi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

O‘zA