Ertaga poytaxtimiz Toshkentda sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mdan iborat III “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bosqichi boshlanadi.

Mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishda muhim musobaqa bo‘lgan mazkur turnirda ishtirok etish uchun shaxmat olamining taniqli vakillari — jahon chempionlari Vladimir Kramnik hamda Xou Ifan Toshkentga yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Kramnik 14-jahon chempioni sanalsa, xitoylik Xou Ifan ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni, jamoaviy musobaqalarda esa uch marta dunyo birinchiligi g‘olibligiga erishgan.

19 noyabrga qadar davom etadigan III “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri davomida har ikkala nomdor shaxmatchi musobaqa ishtirokchilari uchuni master-klass saboqlarini o‘tkazishadi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA