Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Prezident Serjo Mattarella mamlakatimizning tarixiy shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Bugun Italiya rasmiy delegatsiyasi Toshkentdan Samarqandga jo‘nab ketdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Ikrom AVVALBOEV, Nosirjon HAYDAROV(surat), O‘zA