“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Buyuk Britaniyaning “Guy Carpenter” qayta sug‘urta brokeri (Guy Carpenter & Company, LLC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jamiyat Boshqaruvi rahbariyati, Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti mas’ul xodimlari hamda Guy Karpenter qayta sug‘urta brokeri Varshava filiali vitse prezidenti Voysex Lazarskiy hamda London filiali vakili Irina Te ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Buyuk Britaniya hamda mamlakatimiz sug‘urta va qayta sug‘urta bozorining bugungi holati bo‘yicha fikrlashdi. Kompaniyalar faoliyati, erishilgan yutuqlari, istiqboldagi rejalari, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida o‘zaro ma’lumot almashishdi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati hamda “Guy Carpenter” qayta sug‘urta brokeri o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qulay va manfaatli qayta sug‘urta xizmatlari taqdim etish borasida tajriba almashish hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etish joiz, “Guy Carpenter” qayta sug‘urta brokeriga 1922-yilda asos solingan bo‘lib, u dunyo bo‘ylab 60 dan ortiq ofislariga ega yirik qayta sug‘urta brokerlaridan biri sanaladi. Kompaniya  yuqori darajadagi mutaxassislarni birlashtirgan holda qayta sug‘urtalash bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.