Guba shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Ozarbayjon II Mintaqalararo forumi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Trend axborot agentligi.

Xususan, O‘zbekiston va Ozarbayjonning  Termiz va Bilasuvar, Namangan va  Mingachevir, Guliston  va  Fizuliy shaharlari o‘rtasida  savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar  sohalarda o‘zaro anglashuv va hamkorlik  memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, forum doirasida Ozarbayjon Prezidenti  Ilhom Aliyevning  O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “yo‘l xarita”si tasdiqlandi.

Hujjatlarning amalga tatbiq etilishi xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashda yangi istiqbollarni ochishi qayd etildi.

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA