O‘zbekistonda bir yilda muzeylarga 5,7 million kishi tashrif buyurgan

297

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi muzeylarga 2023 yil davomida 5,7 million (2022 yilga nisbatan 800 mingtaga kam) kishi tashrif buyurgan.

Eng ko‘p odam tashrif buyurgan mamlakatdagi 5 ta muzey:

—Registon ansambli — 1 million 10 ming 800 kishi;

—Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi — 1 million 6 ming 600 kishi;

—G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi — 648,5 ming kishi;

—Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi — 448,4 ming kishi;

—Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi — 390,3 ming kishi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan. Muzeylarga 2020 yilda — 1,5 million kishi, 2021 yilda 5,1 million kishi, 2022 yilda esa 6,5 million kishi tashrif buyurgan.

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA