So‘nggi yillarda qishloqlardagi yo‘l-transport infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarida qurilish va obodonlashtirish, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda.

Buni Amudaryo tumani Qilichboy ovuli misolida ham ko‘rish mumkin.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘linmasining “Obod mahallam” davlat granti loyihasi ish rejasiga muvofiq hamkorlar – O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi, partiyadan saylangan Amudaryo tuman Kengashi deputatlari va tuman televideniyesi tahririyati birgalikda mazkur ovulda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tadbir davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish, hududda obodlik va farovonlikni ta’minlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar yig‘inining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holatini yaxshilash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri