Nukus shahrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Minayxon Jumanazarovaning xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, talaba va o‘quvchi-yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Xotira kechasida so‘zga chiqqanlar shoiraning ijodi, hayot yo‘li haqida to‘xtalib o‘tdilar. Uning  «Elim deb, engramasang», «Yuragimda bir dard bor», «Alvido aytmayman, muhabbat», «Qalbingizda qolgim keladi», «Hali men», «Eshim oxun va uning avlodlari», «Ajag‘a», «Ketmoq uchun kelganman» nomli asarlari, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib, jurnalist sifatida erishgan  yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Tadbir doirasida talaba va o‘quvchi-yoshlar tomonidan shoira Minayxon Jumanzarovaning qalamiga mansub asarlardan sahna ko‘rinishlari namoyish  qilindi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA