Kuni kecha Tailandning Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kongressda Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko‘rib chiqildi. 2022 yilda Osiyo mintaqasida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘tgan 2022 yilda medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyo qit’asining “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasi tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Ushbu mukofotni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA