Xitoyda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turnirida terma jamoamiz vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning 80 kilogrammdan ortiq vazn toifasida milliy terma jamoamiz a’zosi Nikita Rafalovich finalga qadar tunislik Motaz Ifauyini, xitoylik Jaoxiang Songni, koreyalik Chan Hui Parkni hamda xorvatiyalik Ivan Sapinani mag‘lubiyatga uchratdi.

Nikita Rafalovich so‘nggi final jangida rossiyalik Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA