XIX Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarildi.

Hasanboy Do‘smatov 51 kilogrammgacha vazn toifasida so‘nggi hal qiluvchi final jangida tailandlik Titisan Panmot bilan kuch sinashdi va g‘olib bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov finalga qadar Jo Seyong (Janubiy Koreya), Saken Bibossinov (Qozog‘iston), Zohid Rashid (Pokiston) va Suboi Tomoya (Yaponiya) kabi charm qo‘lqop ustalarini mag‘lub etgan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA