Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bahslarida -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yarim finalda yaponiyalik Tomoya Tsuboyini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Ushbu g‘alaba Hasanboyga Osiyo o‘yinlari finali bilan birga, Parij Olimpiadasi litsenziyasini ham taqdim etdi. Endi
Hasanboy finalda tailandlik Titisan Panmotga qarshi jang o‘tkazadi.

Shuningdek, -80 kg vazn toifasidagi vakilimiz To‘rabek Habibullayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA