Osiyoning yirik banki Boshqaruvchilar kengashi raisligi O‘zbekistonga topshirildi

“Al-Qohira24” nashri xabar berishicha, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Boshqaruv kengashi raisligi O‘zbekistonga o‘tdi. Mazkur qaror Misrda, ushbu nufuzli moliyaviy tuzilma gubernatori, Misr moliya vaziri Muhammad Maoit va bank prezidenti Jeyn Litchun ishtirokidagi bankning sakkizinchi yillik yig‘ilishi ikkinchi kuni doirasida qabul qilindi. Mamlakatimiz vakillari keyingi yil davomida o‘tadigan yig‘ilishlarga mezbonlik qiladi.

Kelgusi yil O‘zbekistonda rivojlanish bo‘yicha sheriklikni mustahkamlashga, iqlim o‘zgarishi masalasiga e’tibor qaratgan holda, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va barqaror yuksalishga qaratilgan, Bank strategiyasiga mos tarzda boshlangan konstruktiv muhokama yakunlanishini intiqlik bilan kutamiz, – dedi Muhammad Maoit.

Uning ta’kidlashicha, ko‘p tomonlama hamkorlik hozirgi global iqtisodiy muammolarga qarshi turishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA