Asakabank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan uchinchi bor O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida taqdirlandi

Joriy yilning 14 may kuni Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yig‘ilishi hamda biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Asakabank YeTTB bilan hamkorlikda O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish bo‘yicha eng faol emitent bank sifatida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, Asakabank 2019 yil sentyabr oyida YeTTB savdoni moliyalashtirish dasturiga ilk bor qo‘shilganiga karamasdan, ushbu qisqa muddat ichida butun mamlakat bo‘ylab savdo operatsiyalarini amalga oshirishda o‘zining to‘liq salohiyatini namoyish etishga muvaffaq bo‘lib, ETTB tomonidan munosib baholanib, 2019 va 2022 yillarda ham O‘zbekistondagi eng faol emitent bank sifatida taqdirlangan.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda savdoni moliyalashtirish yunalishi Asakabankning 2024 yil qabul kilingan yangi strategiyasida ham alohida o‘rin tutgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yulida olib borilayotgan say-harakatlar bilan hamohang.
Ma’lumot uchun, Asakabank ushbu yo‘nalishda JPMorgan Chase Bank, Citi Bank, Deutsche Bank, SMBC, Commerzbank AG, LBBW, DZ bank, Natixis, Mashreq bank hamda Oddo BHF kabi yetakchi jahon moliya institutlari va banklari bilan ham hamkorlikda ishlab kelmoqda.
O‘zA
Reklama huquqi asosida